Samarqandda yoshlar turizm haftaligi boshlandi

06.01.2025 01:31

O‘quvchi va talaba-yoshlarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 4-10 yanvar kunlari Samarqandda yoshlar turizm haftaligi o‘tkazilmoqda. Haftalik doirasida Samarqand shahridagi muzeylar va tarixiy obidalarga sayohatlar tashkil etilmoqda.

--Sayohatlarga viloyatning barcha tuman va shaharlaridan asosan nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turgan, fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 850 nafar yoshni qamrab olish ko‘zda tutilgan,-- deydi viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov.-- O‘quvchi va talabalar belgilangan kunlarda har bir tuman va shahardan markazlashgan holda hokimliklar tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda olib kelinadi. Ular shahardagi tarixiy maskanlar, Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilayotgan joylarda bo‘lishadi. Shuningdek, yosh sayohatchilar uchun teatr va kinoteatrlarda tarixiy spektakllar va badiiy filmlar namoyishi ham rejalashtirilgan.  

Haftalikning ilk kunida Samarqand shahrida yashovchi yoshlar uchun sayohat va madaniy dasturlar uyushtirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net