Samarqandda "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" Vazirlar uchrashuvi bo?lib o?tdi

17.11.2022 11:01

“Dunyo” AA/. Bugun Samarqand shahrida "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" formatidagi Vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari va vakillari siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, suv-energetika, ekologik va madaniy-madaniy sohalarda ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mazkur anjumanning Samarqandda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qaror Markaziy Osiyo, xususan, Samarqand shahrining mintaqalararo o‘zaro aloqalardagi yangi “xab” sifatida geosiyosiy ahamiyati ortib borayotganidan dalolat berishini taʼkidladi.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanligi hamda Yevropa Ittifoqining 2019 yilda qabul qilingan Markaziy Osiyo bo‘yicha Strategiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi taʼkidlandi. Shu nuqtai nazardan, mazkur strategiya amalga oshirilishini jadallashtirish uchun qo‘shma "Yo‘l xaritasi"ni qabul qilish muhimligi qayd etildi.

Samarqanddagi Vazirlar uchrashuvi mintaqalararo muloqotning yangi kun tartibini ishlab chiqishga hamda uzoq muddatli istiqbolda samarali hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilashga imkon berishiga ishonch bildirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net