Samarqandda «ICTWEEK Uzbekistan – 2022» AKT haftaligi boshlandi

24.10.2022 14:52

“Dunyo” AA/. Bugun Samarqand shahrida «Silk road Samarkand» majmuasida «ICTWEEK Uzbekistan – 2022» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy taʼminot bozorini rivojlantirishni yana-da rag‘batlantirish, O‘zbekistonni axborot texnologiyalari sohasidagi mintaqaviy markaz – IT xabiga aylantirish, respublikada raqamli iqtisodiyot va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish natijasida erishilgan muvaffaqiyatlar, imkoniyat va imtiyozlarni namoyish etish, amaliy natijalar, rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish bilan izohlanadi.

Tadbir Samarqand shahridagi «Silk road Samarkand» majmuasida yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlarining yangi texnologik yechimlarini taqdim etishadi.

«ICTWEEK Uzbekistan» haftaligi 2004 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda. Oxirgi 18 yil davomida ushbu tadbir anʼanaviy tarzda bir qator ixtisoslashgan tadbirlarni yagona formatda birlashtirib keladi.

Haftaligi doirasida  «ICTWEEK Uzbekistan» sammiti, «Digital Eurasia» forumi, “ICTEXPO” ko‘rgazmasi, «IT taʼlim» va boshqa tadbirlar  bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda 60 dan ortiq xorijiy yirik kompaniyalar – Meta, Plug and Play, Nokia, ZTE, Huawei, Innotech, Yandex, Astana hub  hamda Belarusning «Yuqori texnologiyalar parki» va Shuningdek, IT Park rezidentlari, axborot texnologiyalari sohasidagi mahalliy yirik kompaniyalar – zcard, Payme, Uzbektelecom, Uzinfocom, Unicon kompaniyalari qatnashmoqda.

Bundan tashqari, jami 4000 kv.m maydonda tashkil etiladigan “ICTEXPO” ko‘rgazmasida jami 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy kompaniyalar ishtirok etish niyatini bildirgan.

«ICTWEEK Uzbekistan – 2022»  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini 27 oktyabrgacha davom etadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net