Qozog?iston Prezidenti davlat tashrifi bilan O?zbekistonga keldi

21.12.2022 10:46

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bugun davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Davlat rahbarlari bir-birlarini samimiy qutlab, qisqa suhbat o‘tkazdilar.

Shundan so‘ng Qozog‘iston yetakchisi «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, anʼanaga ko‘ra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Qasim-Jomart Toqayev majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net