Qoʻrquvsiz jamiyat kuch-qudrati erkin soʻz va ozod gʻoyalar bilan shakllanadi

28.02.2023 17:41

Qoʻrquvsiz jamiyat kuch-qudrati erkin soʻz va ozod gʻoyalar bilan shakllanadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 24-fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʻida ommaviy axborot vositalari haqida bildirgan fikrlari keng jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilmoqda.

Bizning avlod ikki asrni koʻrgan odamlar. Bu davr da xalqimiz ikki tur davlat va jamiyat boshqaruvi hodisasiga guvoh boʻldi. Agar soʻzni oʻtgan zamon xulosalariga bersak, inson psixologiyasi hamisha qoʻrquvga moyil boʻlgani oydinlashadi. Bu qoʻrquv ruhi “aql bilan” sodir etilganda esa jamiyat qanday ayanchli tanazzulga yuz tutishini, afsuski, koʻrdik.

Bugun biz yangi — xalqchil davlat barpo etish yoʻlida qaysiki kamchilikni tuzatish uchun kurashar ekanmiz, ularning barchasi oʻsha qoʻrquv ruhiga oʻralgan jamiyat hosilasi boʻlganini tobora chuqur anglab boryapmiz. Nimaniki yoʻqotgan boʻlsak, xalq va hokimiyat orasidagi aloqa yoʻqligi tufayli yoʻqotganimizni ham tushundik.

Keyingi yillarda topganlarimiz va erishganlarimiz esa xalq bilan muloqot samarasida boʻldi. Toʻgʻri, yangi davrga moslashish hech qachon oson emas. Ayniqsa, bu jarayon odamlar ongi va tafakkurini, hayot tarzini tubdan oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek, XXI asrning oʻta tahlikali bir pallasida yuz berayotgan ijtimoiy­siyosiy hodisalar qurshovida kechayotgan boʻlsa...

Oʻzgarish formulasi

Avvalgi davrlarda taraqqiyotga toʻsiq boʻluvchi siyosiy tutumlar hukm surgan. Ulardan biri — davlatning yopiq siyosat yuritishi. Bu, avvalo, xalq va hokimiyat oʻrtasidagi muloqotsizlik muhitida, soʻz va fikr erkinligini ayovsiz jilovlash oqibatida sodir etiladi.

Shunda atrofda kuchli dogmatik qarashlar shakllanadi. Bunday jamiyatda hamisha qoʻrquv talvasasi hukm suradi. Amaldorlar oʻz tinchini, rohatini oʻylaydi, ota­onalar farzandlariga ehtiyotkorlikni, islohotlar haqida mutlaqo gapirmaslikni oʻrgatadi. Huquq­tartibot tizimlarining asosiy faoliyati esa faqat jazolashdangina iborat boʻlib qoladi.

Oqibatda odamlar ongida va jamiyatda hayotga nisbatan ishonchsizlik kuchayadi. Bu, oʻz navbatida, taraqqiyotga katta gʻov boʻladigan ruhiy tushkunlik kayfiyatini yuzaga keltiradi.

Bugun Yangi Oʻzbekiston sharoitida mana shu muhitni qanday oʻzgartira olyapmiz, degan savolga javobimiz aniq. Biz, avvalo, odamlar ongida qotib qolgan qoʻrquv hissini yoʻqotishimiz kerak edi.

Shu maqsadda katta oʻzgarish yoʻlini tanladik. Bu soʻz erkinligi va xalq fikrini tinglash orqali taʼminlandi.

Prezidentimiz siyosiy iqtidorga kelgan ilk kunlardanoq ommaviy axborot vositalariga erkinlik berish, ularni qoʻllab­quvvatlash yoʻlini tutdi. Jurnalistlarni davlat va jamiyat, yangi islohotlar epkiniga dushman emas, doʻst, deb bildi.

Bu boradagi islohotlarning ilk bosqichini hozir ham yaxshi eslaymiz.

Davlatimiz rahbari 2017-yil matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yoʻllagan bayram tabrigida “Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari,  dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga koʻtarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz oʻz oldimizga qoʻygan maqsadlarga erisha olamiz... Men siz, muhtaram matbuot ahlining hayotimizni yanada erkin, obod va farovon etish uchun doimo fidoyilik koʻrsatib yashashingizni yaxshi bilaman va sizlarni shu yoʻlda oʻzimning eng yaqin hamkorlarim va yordamchilarim deb hisoblayman. Sizlarning mashaqqatli va masʼuliyatli mehnatingiz oʻz munosib bahosini topishi, yanada samarali boʻlishi uchun biz davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlarini albatta safarbar etamiz”, deya oʻsha davr milliy media sohasi vakillari uchun faqat orzu boʻlib kelgan yangicha tizimga asos soldi.

Oradan yillar oʻtdi. Ommaviy axborot vositalari faoliyati yangicha mazmun­mohiyat bilan boyib bordi. Tanqidiy jurnalistika paydo boʻldi. Ijtimoiy tarmoqlar faollashdi, jurnalist va blogerlar xalq dardini, hayotdagi muammolarni ochiq va xolis ayta  boshladi.

Bunga hamohang ommaviy axborot vositalarini qoʻllab­quvvatlash, ularni yangi davr ruhi bilan toʻyintirib borish maqsadida qator meʼyoriy­huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Pirovardida, biz yangi islohotlar boshidanoq maqsad qilgan oʻzgarish formulasi — erkin fikr + tahlil + qabul qilish = amaliyotda qoʻllash va natijaga asos soldik.

Shu tariqa jamiyatimizning yangi qiyo­ fasi shakllandi. Unda erkin va ozod odam fenomeni boʻy koʻrsatdi. Bu, avvalo, fuqarolar ongida qoʻrquvsiz gʻoyalar tugʻilishi bilan izohlanadi. Har qanday gʻoya, ayniqsa, u erkinlik jamiyatida paydo boʻlsa, taraqqiyot asosi boʻla oladi.

Shu tariqa gʻoyalar uygʻoq tafakkur hosilasida aniq bir oʻzgarishlarni amalga tatbiq etish uchun mukammal kuch­qudratni paydo qiladi.

Erkinlik nafasi

Prezidentimiz oʻtgan haftada Qashqadaryoga tashrifi chogʻida “Koʻpchilik menga ommaviy axborot vositalarini “yopishni” taklif qilmoqda, lekin men buni hech qachon qilmayman”, dedi.

Mana shu xulosaning oʻzi bizga juda katta kuch va jonbozlik ruhini bagʻishlaydi.

Shu oʻrinda bugungi islohotlarimizning ortga qaytmas tus olganini alohida taʼkidlab, erkin jamiyat qurish va ozod fikrni uygʻotish mahsuli haqida soʻz yuritsak.

Umuman olganda, jamiyat va odamlar hayotida islohotlar mahsuldorligi qanday taʼminlanadi? Bu, avvalo, izchillik va bardavomlik kuchi, soʻngra oʻzaro tushunish ruhi bilan yuzaga keladi.

Biz mukammal kuch­qudrat manbai uygʻoq tafakkur hosilasi ekani haqida aytdik. Endigi navbat bu jarayonda ommaviy axborot vositalari erkinligi samarasi haqida.

Bu, birinchidan, hayotimizni yaxshilayotgan islohotlarning ortga qaytmas tus olgani, ikkinchidan, erkin ommaviy axborot vositalari sahnasida bahslashish madaniyati tarbiyalanayotgani, uchinchidan, odamlar oʻz fikrini erkin bildirayotgani misolida koʻzga tashlanadi. Mana shu uchta hodisa yangi jamiya­ timizning erkin rivojlanayotganini koʻrsatadi­ qoʻyadi.

Endi bu sanogʻimizning oddiy odamlar hayotiga, farovon hayotimizga taʼsiri haqida ikki ogʻiz.

Prezidentimiz Qashqadaryodagi muloqotida ijtimoiy tarmoqlarni, internet nashrlarini, matbuotni har kuni oʻqib borishini aytdi. “Vaqtim boricha, qoʻlimga qalam olib, oʻzimga yozib olaman. Baribir 10 ta fikrdan 9 tasi toʻgʻri boʻlib chiqadi”, dedi.

Mana bu fikrdan keyin milliy matbuotimiz jonlangani, muammolar ochiq aytilayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda hayotiy masalalarga bildirilayotgan munosabatlar nima uchun oʻz samarasini koʻp kuttirmayotgani oydinlashadi.

Aytish mumkinki, qanchadan­qancha muammolar ijtimoiy tarmoqlar, matbuot orqali talqin qilingani natijasida Prezident eʼtiboriga tushdi. Yana bir muhim jihat, OAVning milliy segmentlari oddiy xalq uchun minbar vazifasini oʻtamoqda.

Bitta misol keltiramiz: sergelilik Aziza Samigʻova haqida eshitgandirsiz. U onasi Adolat opa bilan 12 yildan buyon ijarama-ijara sarson yashagan. Hatto noilojlikdan buvisining kichik tomorqasi chetidagi eski tikuv sexini makon qilgan. Ona-bola zax joyda har tun ilonu chayonlar, kalamushlardan qoʻrqib, uyqusida halovat boʻlmay tong ottirgan. Eʼtibor bering, 12 yil ularning dardini hech kim eshitishni istamagan. Nihoyat 2021-yilda kutilmaganda Azizaning orzulari va fikrlari haqidagi videolavha davlatimiz rahbari eʼtiboriga tushadi.

Hammasi shundan boshlandi — Prezident ularga Yangihayot tumani Yangi Choshtepa mahallasidagi zamonaviy massivdan 3 xonali uy sovgʻa qildi.

Albatta, bunday misollarni koʻp aytish mumkin. Muhimi, davlatimiz rahbarining alohida eʼtibori va qatʼiy siyosiy irodasi tufayli bugun jamiyatimizda erkinlik nafasi kezmoqda. Shu bois, odamlar bugun kimga nima deyishni, muammolarini qanday yetkazishni biladi.

Atrofimizda, mamlakatimizda uygʻoq fikrli odamlar yashamoqda. Bu esa taraqqiyot uchun gʻoyat muhim unsur sanaladi.

Mohiyatni anglash darajasi

Islom olamining buyuk olimlaridan biri Ramazon Butiyning “Soʻz erkinligi jamiyatni isloh etishda adolat tamoyili sifatida muhim oʻrin tutadi” yoki amerikalik huquqshunos Ralf Neyderning “Axborot — demokratiyaning asosiy valyutasi. Soʻz erkinligisiz demokratiya ham, inson erkinligi ham boʻlmaydi”, degan fikrlari xuddi Yangi Oʻzbekistondagi katta siyosiy evrilish­ larning boshlanishi haqida aytilgandek tasavvur uygʻotadi kishida.

Bu tasavvurning bir qancha asoslari bor.

Birinchi asos: Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga kirishar ekanmiz, oldimizda yagona toʻgʻri yoʻl bor edi va biz uni oʻzimiz uchun ortga qaytmas siyosiy irodaga aylantira oldik. Yaʼni jamiyatni isloh qilishga ochiq fuqarolik jamiyati, xalq bilan muloqot qilishning hayotiy mezonlari, soʻz erkinligi tamoyillari asosida kirishdik.

Ikkinchi asos: oshkoralik va soʻz erkinligiga davr talabi, mamlakatimizda boshlangan yangi islohotlarning talabi sifatida qaradik. Bunda, eng muhimi, xolis va adolatli jurnalist hamda blogerlarning tanqidiy chiqishlari bilan eskicha qolipda ishlaydigan rahbarlar faoliyatidagi xato­kamchiliklarni koʻrsatish mexanizmiga asos soldik.

Uchinchi asos: ijtimoiy masʼuliyatli ommaviy axborot vositalari yordamida xalq minbarini yaratdik. Shu tariqa ommaviy axborot vositalarining tom maʼnoda “toʻrtinchi hokimiyat”ga aylanishini taʼminlayapmiz.

Shunday ekan, Prezidentimizning oʻtgan hafta ommaviy axborot vositalari haqida aytgan yangi fikrlarini mohiyatan teran anglash, shuningdek, ulardan xulosa qilgan holda, faoliyatimizni ham tanqidiy nuqtayi nazardan koʻrib chiqishimiz zarur boʻladi.

Davlatimiz rahbari “Uzoq yillar yopiq davlat boʻlib, ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlamaganimiz uchun xalq ovozini eshitmadik”, dedi. Yana aytdiki, “Ommaviy axborot vositalari adolatni gapirsin, toʻgʻri tanqid qilsin”.

Bugungi OAV xalq ovozi sifatida koʻrilayotgan ekan, oldimizda nihoyatda masʼuliyatli vazifalar turganini his qilishimiz kerak. Bu nimalarda aks etishi joiz?

Avvalo, gazetadami, radio­televideniyedami, ijtimoiy tarmoqlar yoki internet nashrlaridami, har bir tanqidiy fikrning asosli boʻlishini, har tomonlama mulohazakorligini taʼminlash professional burchimiz ekanini unutmaylik.

Tanqid qachonki tahliliy boʻlsagina, hayotiy ruh bilan quvvatlanadi. Shundagina biz 10 ta fikrdan 9 tasi toʻgʻri boʻlib chiqishi emas, balki 100 foizlik natijaga erishamiz.

Gap oʻzani tanqidiy mulohazalar, soʻz va matbuot qudrati haqida ketar ekan, Abdulla Qodiriyning “Mushtum” jurnali mualliflariga yozgan quyidagi fikr larini keltirishni maʼqul koʻrdik:

“Yaxshi bilish kerakkim, qalam oʻqlogʻi va matbuot ketmon bozori emas. Yoʻsunsiz ravishda xotirgʻa kelgan har bir soʻzdan jumlalar toʻqimoq fazilat sanalmaydir. Soʻz qolib, fikr uning ichiga qoʻyilgʻan gʻisht boʻlsin, koʻbchilik xumdonidan pishib chiqgʻach, yangi hayot ayvoniga asos boʻlib yotsin!”.

Darhaqiqat, biz Qodiriy bobomiz orzu qilgan yangi hayot ayvonini qurayotgan ekanmiz, fikrlar gavharini nihoyatda asrab­avaylamogʻimiz va oʻz oʻrnida ishlatmogʻimiz zarurdir. Bu esa Prezidentimizning “ommaviy axborot vositalari adolatni gapirsin, toʻgʻri tanqid qilsin”, degan qarashi bilan gʻoyat hamohangdir.

Buning uchun biz asl mohiyatni anglash darajasiga yetishimiz kerak boʻladi.

Mohiyat shuki, biz, jurnalist va blogerlar, avvalo, adolat falsafasi, adolatli haqiqat shukuhini toʻgʻri anglab olishimiz zarur.

Bu borada hayotdan oladigan saboqlarimiz koʻp. Yangi Oʻzbekiston jamiyatida inson qadri ulugʻlanishi adolat falsafasi va adolatli haqiqat tantanasi sifatida tanlangan. Bunda inson huquqlari taʼminlanishi ustuvor vazifa etib belgilangani, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari amalda tiklangani, qonunlar va boshqa meʼyoriy­huquqiy hujjatlar qabul qilinishida oddiy odamlar fikri inobatga olinayotgani ham fikrimiz tasdigʻidir.

Misol: “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi kons­ titutsiyaviy qonun loyihasi keng jamoat­ chilik muhokamasiga qoʻyilgan edi.

Muhokama davomida xalqimizdan qonun lo yihasini takomillashtirishga qaratilgan 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgani aytilmoqda.

Mana shu raqamning oʻzi ham mamlakatda ochiq fuqarolik jamiyatiga mus­ tahkam zamin, odamlarda, ommaviy axborot vositalarida erkin soʻz aytish imkoni yaratilganini isbotlab turibdi.

Darvoqe, yangilanayotgan Bosh qonunimiz haqida gap ketganda, aytish joizki, amaldagi Konstitutsiyamizning 67­moddasida senzuraga yoʻl qoʻyilmasligi mustahkamlab qoʻyilgan edi. Endilikda ushbu moddaga qoʻshimcha sifatida

“Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi” normasi ham qoʻshilishi taklif etilmoqda.

Bu nima uchun zarur? Gap shundaki, milliy media sohasida oʻz yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Ayrim OAV vakillari oʻz kasb faoliyatida hamon turli toʻsiqlarga duch kelayotgani ham sir emas. Shu bois, davlat organlari ochiqligini taʼminlash hamda jurnalistlarning faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashishga nisbatan qonunga muvofiq javobgarlikni koʻchaytirish Konstitutsiyada qatʼiy belgilab qoʻyilmoqda.

“Ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal” tamoyili xalq tafakkuriga koʻchmoqda

Bugun mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari soni 2016-yildagiga nisbatan qariyb 30 foiz ortib, 1962 taga yetdi. Internet nashrlari soni soʻnggi 6 yilda salkam ikki barobar koʻpayib, 677 tani tashkil etmoqda. Bu ham Yangi Oʻzbekiston jamiyatida axborot sohasi va soʻz erkinligini taʼminlashga qaratilgan hayotbaxsh siyosatning yorqin namunasidir.

Sir emas, keyingi yillarda bosma nashrlar, yaʼni gazeta va jurnallar atrofida turlicha qarashlar, bir­biriga qarama­qarshi fikrlar aylanmoqda.

Hozir bu mavzuni qaytarish niyatida emasmiz. Faqat Prezidentimizning 2020-yil 30-sentyabr kuni Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan bir iqtibos keltiramiz, xolos:

“Afsuski, biz keyingi yillarda “majburiy obuna” bahonasida ixtiyoriy obunani ham yoʻq qildik. Buning natijasida maktab va oliygohlarning oʻqituvchi va domlalari oʻzlari uchun zarur boʻlgan gazeta va jurnallardan ajralib qoldi. Shunday ayanchli holga keldikki, hatto ayrim rahbarlar gazeta oʻqimasligi bilan maqtanadigan boʻldi”.

Oʻshanda davlatimiz rahbari yana bir hayotiy xulosani aytgan edi: “Oʻzingiz bilasiz, dunyoda kompyuter texnologiyalari eng rivojlangan davlatlardan biri bu — Yaponiya. Lekin ushbu mamlakatda kuniga 3-4 million nusxada nashr etiladigan gazetalar borligiga nima deysiz? Aytmoqchimanki, hayotimizda radio-televideniye, internet bilan birga bosma nashrlarning ham oʻz oʻrni bor”.

Mana shu fikrlardan anglashiladiki, bugun biz barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, faqat va faqat jiddiy mulohazalar yuritishimiz, kamchiliklarni toʻgʻri va xolis tanqid qilish yoʻlidan borishimiz, bir soʻz bilan aytganda, milliy taraqqiyotimiz yoʻlida birlashishimiz zamon talabiga aylanib ulgurdi.

Toki, xalqimiz tafakkuriga koʻchayotgan “Ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal” tamoyili hamisha bardavom va mazmunli boʻlaversin.

Yana bir gap. Yuqorida haqiqat va adolat tantanasi haqida aytgan edik.

Xulosa oʻrnida yana shuni taʼkidlashni istardikki, haqiqat va adolat tantanasi deganda biz davlatimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ­eʼtibori va nufuzini ham tushunishimiz kerak. Negaki, yurtimizda boʻlayotgan bugungi oʻzgarishlar va yutuqlarga panja ortidan qarayotgan, hasad qilayotgan ayrim manbalarning axborot xurujiga ham qalqon boʻla olish fazilatiga ega boʻlmogʻimiz har birimizning vijdoniy burchimizdir.

Bu yoʻlda barchamizning yuzimiz yorugʻ, vijdonimiz toza va amalimiz toʻgʻri boʻlsin!

Salim Doniyorov

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalarining

 bosh muharriri

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net