Qatarda “Mahmud va Maryam” filmi namoyish etildi

04.09.2022 21:52

Hamkorlarimiz sahifalarida

Ozarbayjonning Qatardagi elchixonasi tashabbusi bilan “Shusha shahri yili” doirasida “Qatar” madaniy shaharchasi drama teatrida “Mahmud va Maryam” filmining arab tilidagi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi “Trend” nashriga ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Mahmud va Maryam” Doxada namoyish etilgan ilk ozarbayjon filmi hisoblanadi.

Taqdimot marosimida “Qatar” madaniyat shahri bosh direktori Xolid Ibrohim As-Sulaytiy, Ozarbayjonning Qatardagi elchisi Rashod Ismoilov, Turk madaniyati va merosi xalqaro jamg‘armasi prezidenti Gunay 

Efendiyeva, Turkiyaning Qatardagi elchisi Mehmet Mustafo Geksu, jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

R.Ismoilov kartina 2013 yil turkiyalik rejissyor Mehmet Ada O‘ztekin tomonidan Ozarbayjon xalq yozuvchisi Elchinning shu nomli romani asosida suratga olingani va Ozarbayjon-Turkiya hamkorligidagi ilk kino loyihasi ekanini qayd etdi. Bosh rollarni Aras Bulut Iynemli va Eva Dedova ijro etgan “Mahmud va Maryam” filmi arab tiliga dublyaj qilingani va arab mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib Qatarda taqdim etilgani ta’kidlandi.

G.Efendiyevaning ta’kidicha, suratga olish jarayoni Ozarbayjon va Turkiyada kechgan.

Mazkur tadbir haqida ingliz tilida chop etiladigan mahalliy “Gulf Times ” va “The Peninsula”  gazetalarida, shuningdek Qatar madaniy shaharchasi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqda keng yoritildi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net