QATAR TASHQI ISHLAR DAVLAT VAZIRI BILAN UCHRASHUV

04.03.2019 14:41

2019-yilning 4-mart kuni Doha shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Davlati Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Mureyxiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

 So‘nggi vaqtlarda o‘tkazilgan, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga tomonlarning diqqatni qaratish hamda ikki tomonlama shartnomalarning loyihalarini ko‘rib chiqish imkonini bergan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi uchrashuvlarning yakunlari qo‘llab-quvvatlandi.

 Suhbatda Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net