POYTAXTIMIZDA QOZOG’ISTON YILIGA BAG’ISHLANGAN KO’RGAZMA

11.04.2019 17:09

"O’zbekistonda Qozog’iston yili”ning tantanali ochilishiga bag’ishlangan “Buyuk dasht: tarix va madaniyat” nomli ko’rgazma doirasida Qozog’iston olimlari bilan ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. 

O’zbekiston davlat san'at muzeyida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimiz va Qozog’iston Respublikasi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tarixchi olimlar, ilmiy xodimlar, professor-o’qituvchilar, ma'naviyat targ’ibоtchilari, talaba-yoshlar, ijodkorlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirda O’zbekiston davlat san'at muzeyi hamda Qozog’iston Respublikasi Milliy muzeyi hamkorligida tashkil etilayotgan “Buyuk dasht: tarix va madaniyat” nomli ko’rgazmaning ahamiyati va maqsadi haqida so’z bordi. 

– Ko’rgazmaning asosiy maqsadi xorijiy tomoshabinlarni Qozog’istonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirishdir, – deydi O’zbekiston davlat san'at muzeyi direktori Vasila Fayzieva. – Jumladan, ko’rgazmada Qozog’iston Respublikasi ramzi hisoblangan “Oltin odam” namoyishga qo’yiladi. 1960 yillarning oxirida va 1970 yillar boshida Olmaota atroflarida arxeologik sensatsiya sodir bo’lgan. Issiq qo’rg’onida tadqiqot ishlarini olib borayotgan mashhur arxeolog Kemal Аkishev tomonidan Saklar shohi “Oltin odam” qoldiqlari topildi, bu topilma o’z navbatida Qozog’iston ramziga aylandi. Noyob topilma “Qozoq Tutanxamoni” deb atala boshlandi hamda asrning yirik kashfiyoti deb, tan olindi. Loyiha yetti mamlakatda, xususan, Rossiya, Xitoy, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Koreya va Tataristonda muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 

Tadbirda berilgan ma'lumotlarga ko’ra mazkur mamlakatlarda bo’lib o’tgan “Oltin odam” ko’rgazmasiga bir milliondan ortiq tomoshabin tashrif buyurgan. Ko’rgazma 2020 yil oxirigacha dunyoning 20 mamlakatida namoyishga qo’yilishi rejalashtirilgan. 

Ko’rgazmaga Qozog’iston Respublikasi Milliy muzey kollektsiyasidan jami 106 ta eksponat ekspozitsiyaga qo’yilgan. 

Ko’rgazmaning tantanali ochilish marosimi joriy yil 11 aprel kuni soat 17:00 da O’zbekiston davlat san'at muzeyi binosida bo’lib o’tadi. 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net