Parijdagi muzokaralardan so?ng O?zbekiston Prezidenti va Fransiya taraqqiyot agentligi rahbari umumiy qiymati 1 milliard yevrodan ortiq bo?lgan 2025 yilgacha strategik hamkorlik dasturini imzoladilar

22.11.2022 10:34

“Dunyo” AA/. Bugun, 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga boshlangan rasmiy tashrif doirasida Parij shahrida Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) bosh direktori Remi Riuni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish, yangi istiqbolli loyihalar bilan boyitish masalalari ko‘rib chiqildi.

Keyingi paytda o‘zaro aloqalarda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qo‘shma loyihalar portfeli 1 milliard yevroga yetdi. Agentlik ishtirokida bugun infratuzilma, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.

FAR rahbari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining samarali natijalarini qayd etib, hamkorlikning joriy holati va salohiyatini yuksak baholadi.

Suhbatda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, eng avvalo, taʼlim, sog‘liqni saqlash va infratuzilma sohalarida joriy qilish, energetika va transportda “yashil” iqtisodiyot loyihalarini kengaytirish, agrosanoat majmuini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlarni o‘qitish va ularning tadbirkorligini moliyalashtirish loyihalarini ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Loyihalarni aralash tarzda, shu jumladan Fransiya kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari ishtirokida moliyalashtirish mexanizmlaridan faol foydalanish muhim ekani taʼkidlandi.

Tomonlar erishilgan barcha kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, energetika, “yashil” iqtisodiyot, shaharlarni rivojlantirish, suv taʼminoti, bank-moliya va transport sohalarida aniq loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan umumiy qiymati 1 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan 2025 yilgacha strategik hamkorlik dasturini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net