O?zLiDeP O?zbekiston Prezidentligiga Shavkat Mirziyoyev nomzodini tasdiqladi

31.05.2023 10:28

/“Dunyo” AA/.  Kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining (O‘zLiDeP)  XI syezdida amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari saylovlarda Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, partiya Shavkat Mirziyoyevni 12 may kuni Prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatgan edi. Shundan so‘ng saylovda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlar taqdim etildi va ruxsat olindi.

Syezd davomida partiya nomzodning dasturini ham tasdiqladi.

Dastur quyidagi beshta maqsaddan iborat:

Dasturning birinchi maqsadi – «Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish»;

Dasturning ikkinchi maqsadi – «Odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash»;

Dasturning uchinchi maqsadi – «Suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish»;

 To‘rtinchi maqsad – «Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish»;

Beshinchi maqsad – «Yangi O‘zbekiston xavfsiz va tinchliksevar davlat».

Syezdda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov ham so‘zga chiqdi. U o‘z partiyasi nomidan O‘zLiDePdan O‘zbekiston Prezidentligiga tasdiqlangan nomzodni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Syezd qaroriga ko‘ra O‘zLiDeP qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Prezidentligiga partiya nomzodini ro‘yxatga olishni so‘rab O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga murojaat etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi  Robaxon Maxmudova, Ekologik partiya Abdushukur Xamzayevni O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatgan edi.

O‘zLiDeP veb-saytidan olingan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net