O‘zbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonaasi qator OAVning YUNESKO Umumjahon merosi markazi (UMM) tomonidan O‘zbekistonning Shahrisabz shahrini Umumjahon merosi ro‘yhatidan o‘chirish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi tayyorlanayotgani borasida tarqatgan axborotini rad etadi.
Doimiy vakolatxona UMM rahbariyati bilan olib borilgan maslahatlashuvlardan keyin shuni ta’kidlaydiki, maqolalarda nomlari qayd etilgan mutaxassislarning Umumjahon merosi markaziga aloqadorligi yo‘q va uning nomidan biron bir bayonot berishga vakolatli emas.