Oʻzbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi ushbu mamlakatda boʻlib turgan fuqarolarni ogohlikka chaqiradi

03.10.2023 21:00

Joriy yilning avgust oyida mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasiga bir qator Oʻzbekiston fuqarolari Kuala-Lumpur shahrida joylashgan “Oʻzbegim” restorani rahbariyatining ularga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qildi.

Vatandoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Elchixona majburiy mehnatdan jabrlangan 6 nafar oʻzbekistonliklarni “Oʻzbegim” restorani boshqaruvchisi Tojikiston fuqarosi S.D. ga nisbatan shikoyat arizalari bilan Malayziya huquq-tartibot organlariga murojaat qilishda koʻmaklashdi.

Ushbu mamlakat Qirollik politsiyasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov jarayonida fuqarolarimiz joriy yilning yanvar-aprel oylarida Malayziyaga S.D. ning taklifi bilan mazkur restoranda ishlash uchun kelganligi, ularga yuqori maosh va mamlakatda ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirib berish vaʼda qilinganligi, biroq ish beruvchi tomonidan ushbu majburiyatlar toʻliq bajarilmaganligi aniqlandi.

Natijada, S.D. Malayziyaning Migratsiya toʻgʻrisidagi qonunining 55-moddasi “b”-bandi (mamlakatda boʻlib turish uchun ruxsatnomasi boʻlmagan chet el fuqarosini ishga olish) bilan aybdor deb topilib, unga sud tomonidan katta miqdorda jarima jazosi qoʻllanildi.

Bir vaqtning oʻzida mamlakatda boʻlib turish uchun ruxsatnomasi boʻlmagan oʻzbekistonlik ishchilar Vatanga qaytarilishi belgilandi. Hozirda Elchixona koʻmagida yurtdoshlarimiz Oʻzbekistonga qaytarilmoqda.

Malayziyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini mazkur holatga tushmaslik va aldanib qolmaslik maqsadida Elchixona vatandoshlarimizni ogohlikka chaqiradi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net