O`ZBEKISTONGA TURKIYA TOMONIDAN KO’RSATILAYOTGAN TEXNIK YORDAM FAOLLASHMOQDA

19.07.2019 11:25

ANQARA, 19 iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi ikki tomon uchun ham manfaatli tarzda izchil rivojlanib bormoqda. Ikki davlat o`rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarda yangi sahifa ochilib, munosabatlar strategik hamkorlik darajasiga ko`tarilgan.

- Mamlakatlarimiz o‘rtasida moliyaviy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirishda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi – TIKA alohida o`rin tutadi, - deydi Anqaradagi AnkaSAM xalqaro tadqiqotlar markazi direktori professor Mehmet Seyfitdin Erol “Dunyo” axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda. - TIKA O‘zbekiston va Turkiya o'rtasidagi serqirra muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga faol hissa qo`shib kelmoqda. Bu borada, asosan, o`zbek tomonining talab va ehtiyojlariga ko`ra ish olib borilmoqda. Loyihalar, ayniqsa, Prezident Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonning rivojlanishi uchun ustivor deb belgilab berilgan sohalarga yo`naltirilgan holda ishlab chiqilmoqda. Shuning uchun TIKAning aksariyat texnik yordam loyihalari, asosan, “Obod qishloq”, “Xalq bilan muloqat” yo’nalishlari, sog`liqni saqlash, turizm, kasb-hunar, ekologiya va boshqa sohalarga mo`ljallangan.

 TIKA O‘zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalar qatorida Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi ilik transplantatsiyasi markazining tashkil etilishi va jihozlanishi, qishloqlarda hizmat qilishga mo`ljallangan 100 dan ortiq zamonaviy mobil “tez yordam” avtomobillarining hamda 70 dona “Xalq qabulxonalari” shaklida jihozlangan maxsus avtomobillarni bepul berilishi, Orolbo`yi mintaqasida daraxtzorlar tashkil etishga qaratilgan ko`chatxonalar tashkil etilishi, har yili ikki marotaba turli viloyatlarda turkiyalik mutaxassis-doktorlarni yuborib, 1 ming 200 nafardan ko`proq bolalarni bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazish va lozim topilgan holda jarrohlik amaliyotlarini bajarish, tarixiy obidalarni restavratsiya qilish kabi qator dasturlarni sanab o`tish mumkin.

 Shuni ham ta`kidlash lozimki, biz hozir faqatgina TIKA tomonidan ko`rsatilayotgan beg`araz yordam haqida so`z yuritmoqdamiz. Vaholanki, Turkiyaning boshqa tashkilotlari, xususan, Qizil Yarim oy muassasasi, turli vazirlik va idoralari o`z yo`nalishlarida qator moliyaviy-texnik yordam dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Misol uchun, Turkıya standartlar instıtutı, turizm va madaniyat, mudofaa vazirliklari, oliy ta`lim tuzilmalari tomonidan ajratilayotgan turli texnik yordam dasturlari, stipendiyalar, treninglar, stajirovkalar, aslahalarning bepul taqdim etilishi ham shular jumlasiga kiradi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonga beg`araz yordam ko`rsatish yo`nalishida Turkiya qator yetakchi xorijiy davlatlar safidan joy olmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net