O?zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar Belgiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

15.03.2023 12:10

/“Dunyo” AA/. Yevropaning «EU Reporter» yangiliklar-tahliliy portalida «Konstitutsiyaviy sud referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda Konstitutsiyaviy sudning 13 mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida»gi qarori O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgani maʼlum qilingan.

«Sud majlisini Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov olib bordi, - deyiladi maqolada. – Kun tartibidagi masala yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati vakillari, adliya vaziri hamda Konstitutsiyaviy sud Ilmiy-maslahat kengashi aʼzolarining ko‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan fikr va mulohazalari tinglandi».

Nashrda qayd etilganidek, qisqa tanaffusdan so‘ng ochiq sud majlisi davom ettirildi. Unda Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud qarorini o‘qib eshittirdi.

«Konstitutsiyaviy sud qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida»gi qarori (ilovasi bilan) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos keladi,- deb yozadi «EU Reporter». – Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishga monelik qiluvchi holatlar aniqlanmadi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yish Konstitutsiyaga muvofiq, deb topildi».

 Shundan keyin Konstitutsiyaviy sud qarori Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga yuborildi, deyiladi manbada.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net