O?zbekistondagi IESlarga xizmat ko?rsatish bo?yicha xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

21.10.2022 14:48

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Energetika vazirligida kecha “GE” kompaniyasining Rossiya va MDH bo‘yicha prezidenti Bela Ferensi bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri

Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda mavjud issiqlik elektr stansiyalarining xizmat ko‘rsatish xo‘jaligini rivojlantirish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mavjud uskunalarni taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishda “GE” kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislari rahbarligida kadrlar tayyorlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net