Oʻzbekistonda “Uzbek Jewellery Fair-2023” birinchi xalqaro zargarlik koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

11.04.2023 09:52

Joriy yil 26-28-may kunlari Toshkentda zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar va jihozlarning birinchi xalqaro “Uzbek Jewellery Fair-2023” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.

“Uzbek Jewellery Fair-2023” Oʻzbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana sotuvchilar, agentlar, distribyutorlarga moʻljallangan birinchi va yagona ixtisoslashtirilgan zargarlik buyumlarining koʻrgazmasidir.

Mazkur xalqaro tadbirni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad yangi tarmoq ichidagi va xalqaro oʻzaro manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish, texnologik yangiliklar hamda xorijiy kompaniyalar muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishish, zargarlik buyumlari dizaynining eng ommabop yoʻnalishlarini oʻzlashtirish, mahsulot sifati va miqdorini oshirishdan iborat.

Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston Zargarlik sanoati assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimiz zargarlik sanoati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun “Uzbekistan Jewellery Awards” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net