O?zbekistonda «Shaffof qurilish» mobil ilovasi yaratiladi

21.11.2022 10:32

“Dunyo” AA/. Davlatimiz rahbarining «Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.  

Hujjatda qayd etilishicha, hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.  

Bundan tashqari, har chorakda viloyat, tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qurilish sohasida korrupsiya va qonun buzilishi holatlarining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borilishi taʼminlanadi.  

Prezident qaroriga muvofiq, 2023 yil 1 yanvarga qadar qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi.  

«Shaffof qurilish» milliy axborot tizimida 2023 yil 1 yanvarga qadar dasturlar va loyihalarning ro‘yxatlarini yuritish, ularga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar aks ettiriladi.  

Shuningdek, qarorga ko‘ra, «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining mobil ilovasi ham yaratiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net