O?zbekistonda muddatidan ilgari saylovlarda Prezidentlikka uchinchi nomzodning nomi maʼlum bo?ldi

12.05.2023 10:06

/“Dunyo” AA/. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti  saylovi uchun  Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova nomzodini  ko‘rsatmoqchi, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi  Robaxon Mahmudovani prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning bo‘lajak Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun maʼqulladi.

Robaxon Mahmudova 2020 yilning iyulidan Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – maʼmuriy ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Avvalroq Xalq demokratik  partiyasi va Ekologik partiya ham prezidentlikka o‘z nomzodlari – Ulug‘bek Inoyatov hamda Abdushukur Hamzayevni ko‘rsatgani haqidagi xabarlar  tarqalgan edi.

O‘zbekiston  Oliy  sudi  veb-saytidan  olingan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net