“Dunyo” AA/. Statistika davlat qo‘mitasi viloyatlar kesimida O‘zbekistonda go‘sht ishlab chiqarish hajmi (tirik vaznda) bo‘yicha maʼlumotlarni eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qo‘mita maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylari mobaynida mamlakatimizda jami 1221,6 ming tonna go‘sht ishlab chiqarilgan.
Go‘sht ishlab chiqarish hajmi katta bo‘lgan beshta viloyat tarkibiga Toshkent (149,4 ming tonna), Qashqadaryo (142,6 ming tonna), Samarqand (142 ming tonna), Buxoro (128 ming tonna) va Jizzax (89,7 ming tonna) viloyatlari kirgan.