O?zbekistonda 34 ta zamonaviy elektropoyezd sotib olish bo?yicha xalqaro tender eʼlon qilindi

06.10.2022 15:29

“Dunyo” AA/. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 34 ta zamonaviy elektropoyezd sotib olish bo‘yicha xalqaro tender eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Transport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, tenderdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz turizm salohiyatini yana-da rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Mazkur tender elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni yetkazib berish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni ham nazarda tutadi.

Harakat tarkibini yangilash, zamonaviy elektropoyezdlarni xarid qilish bo‘yicha hozirda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati “Stadler”, “Skoda”, “Talgo”, “Hyundai”, “CAF”, “Siemens”, “Alstom”, “Hitachi”, “Pesa”, “CRRC-Dalian” kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.

34 ta zamonaviy elektropoyezdning xarid qilinishi natijasida 8 ta yangi yo‘nalishda temir yo‘l qatnovlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bular: Toshkent – Jizzax – Toshkent, Toshkent – Keles – Toshkent, Navoiy – Buxoro – Navoiy, Samarqand – Jizzax – Samarqand, Samarqand – Shahrisabz – Samarqand, Samarqand – Qarshi – Samarqand, Andijon – Xonobod – Andijon, Nukus – Xiva – Nukus.

Yangi yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovining yo‘lga qo‘yilishi natijasida bir yilda 5 million 925 ming 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Shuningdek, Toshkent – Xojikent – Toshkent, Toshkent – Angren – Toshkent, Namangan – Andijon – Namangan, Qo‘qon – Andijon – Qo‘qon, Toshkent – Guliston – Toshkent, Toshkent – Bekobod – Toshkent, Termiz – Sariosiyo – Termiz, Qarshi – Buxoro – Qarshi, Buxoro – Xiva – Buxoro, Samarqand – Buxoro – Samarqand kabi 10 ta mavjud yo‘nalishlarda esa  qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi yo‘nalishlarda poyezdlar harakatining yo‘lga qo‘yilishi va mavjud yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarning tashkil etilishi orqali bir yilda jami 22 million  473 ming 500 nafar yo‘lovchiga sifatli xizmat ko‘rsatishga erishiladi. 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net