O?zbekistonda 20-28 fevral kunlari – “Inson huquqlari haftaligi” o?tkaziladi

17.02.2023 11:27

O‘zbekistonda 20-28 fevral kunlari – “Inson huquqlari haftaligi” o‘tkaziladi

Joriy yil 15 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyaning yig‘ilishi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya a’zolari ishtirok etdi. Oflayn va onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirda, shuningdek, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Oliy sud va Bosh prokuratura, vazirlik va tashkilotlar, agentlik va muassasalar rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari hamda ommaviy axborot vositalari namoyandalari qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya raisi A.Saidov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning  2023 yil 7 fevraldagi qarori bilan ikkita muhim hujjat – O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanganiga e’tiborni qaratdi. Ushbu hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida, to‘liq va samarali tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov, Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari D.Kattaxonova va boshqalar so‘zga chiqdi. Ishtirokchilar Prezidentimizning tegishli qarori ijrosi doirasida 2023 yil 20-28 fevral kunlari “Inson huquqlari haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha Dastur loyihasi haqida to‘xtalib, haftalikni yuqori saviyada tashkil etish borasida o‘z takliflarini bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida “Inson huquqlari haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha Dastur tasdiqlandi. Dastur 22 ta banddan iborat bo‘lib, jumladan, brifing, matbuot anjumani va davra suhbatlari, turli tanlov va taqdimotlar, mutaxassislar bilan uchrashuvlar, ekspertlar muloqoti va ilmiy-amaliy konferensiyalarni o‘zida jamlagan.

 Inson huquqlari haftaligi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Tadbirlar mamlakatimizning butun hududida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlarda bo‘lib o‘tadi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net