O?zbekiston va Vyetnam o?rtasida jinoyat ishlari bo?yicha o?zaro huquqiy yordam to?g?risidagi shartnoma imzolandi

15.11.2022 11:24

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Vyetnamga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Bosh prokuratura maʼlumotiga ko‘ra, tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Vyetnam Bosh prokurori Le Min Chi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Konstruktiv muloqot davomida tomonlar ikki davlat nazorat organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yana-da rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.  

Uchrashuv yakuni bo‘yicha ikki davlat vakolatli organlarining jinoyat protsessi doirasida huquqiy hamkorlikni amalga oshirish imkonini beradigan O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.  

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net