O?ZBEKISTON VA ROSSIYA: SAVDO-SANOAT SOHASIDA HAMKORLIGINI KENGAYTIRISH YO?LIDA

01.03.2019 15:29

Joriy yilning 24-26-fevral kunlari iqtisodiyot va sanoat, investitsiyalar va tashqi savdo, sog‘liqni saqlash, transport vazirliklari hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “O‘zavtosanoat” aksionerlik jamiyatlari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada bo‘ldi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo, sarmoya, transport, sanoat hamkorligi va sog‘liqni saqlash sohalaridagi aloqalarning zamonaviy holati va istiqbollarini muhokama qilishdan iboratdir.

 Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Rossiya va O‘zbekiston Hukumatlari o‘rtasida imzolangan 2019-2024 yillarda Iqtisodiy hamkorlik dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi jarayoni ko‘rib chiqildi. Muzokaralarda O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda rossiyalik sheriklar ko‘magini jalb qilish masalasi ham muhokama qilindi.

 Rossiya Sanoat va savdo vazirligi vakillari bilan muloqot davomida ikki mamlakat xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi e’tirof etildi. Xususan, “Rostex” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiradigan kompaniyalar bilan hamkorlikda hayotga tadbiq qilinayotgan loyihalar batafsil muhokama qilindi. Rossiyalik hamkorlar e’tiboriga birgalikda amalga oshirish uchun yangi investitsion takliflar ham taqdim etildi.

 Umumrossiya tashqi savdo akademiyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida iqtisodiyotning turli tarmoqlari, shu jumladan, savdo va sanoat uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

 Mamlakatimiz delegatsiyasi “Rosavtotrans” agentligi, “Rossiya temir yo‘llari” OAJ, “RT-Invest Transport tizimlari” MChJ va “GLONASS” AJ vakillari bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, “Skolkovo” texnoparkiga tashrif buyurib, bu yerda startaplar, tibbiyot klasterlarini tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, muvaffaqiyatli texnologik kompaniyalarni ishga tushirishga yordam beradigan tamoyillar bilan batafsil tanishdi.

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net