O?zbekiston va Qozog?iston TIV rahbarlari Toshkentdagi uchrashuv chog?ida ikki tomonlama munosabatlarni yana-da faollashtirish istiqbollarini muhokama qildi

24.01.2023 16:30

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining turli jihatlari yuzasidan fikr almashdi.

Ikki va ko‘p tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha faol muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Muzokarada IHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Анвар ?лёсов олган сурат («Дунё» АА).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net