O?zbekiston va Qozog?iston Prezidentlari Shayx Xovandi Tohur va To?labiy maqbaralarini ziyorat qildilar

22.12.2022 10:49

“Dunyo” AA/. Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda bugun Toshkent shahridagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Shayx Xovandi Tohur XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy taʼlimotining davomchisi bo‘lgan. Insonlarni ilm-maʼrifatga, yetakchilarni tinchlik-ahillikka chorlagan valiy zot sifatida xalq xotirasida qolgan.

Shayx maqbarasi atrofi aziz qadamjoga aylangan. Xususan, XVII asrda bu yerga To‘labiy dafn etilgan. Qaldirg‘ochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda "Jeti Jarg‘i" qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan.

Yonma-yon joylashgan bu maqbaralar o‘zbek va qozoq xalqlari azaldan birga yashagani, qardoshu hamfikr bo‘lganining yana bir dalolatidir.

Qozog‘iston rahbari maqbaralar tarixi bilan tanishdi, obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Qurʼon tilovat etilib, duo o‘qildi.

Qasim-Jomart Toqayev qardosh xalqlarimizning umumiy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilayotgan eʼtibor uchun O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net