O?zbekiston va Qozog?iston Prezidentlari buyuk qozoq shoiri Abay Qo?nonboyev merosiga bag?ishlangan ko?rgazma doirasidagi ekspozitsiya bilan tanishdilar

22.12.2022 11:07

“Dunyo” AA/. Bugun Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev buyuk qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma doirasidagi ekspozitsiya bilan tanishdilar, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Abay qozoq xalqining asriy orzularini, adolat,  insonparvarlik va qardoshlik g‘oyalarini tarannum etgan. Uning sheʼriy asarlari va noyob “Nasihatlar” kitobiga jamlangan hikmatli so‘zlarini o‘qib, XIX asr oxirlarida qozoq dashtlaridagi turmush haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

Davlat rahbarlari Qozog‘iston muzeylaridan keltirilgan noyob eksponatlar, jumladan, Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodiga oid tarixiy ashyolar, fotosuratlar, kitoblar bilan tanishdilar.

Abayning uch torli do‘mbirasi, Qo‘nonboyning do‘ppisi, qo‘lyozmalari, adib va uning oilasi tasvirlangan fotosuratlar tomoshabinlarda qiziqish uyg‘otdi.

Prezidentlar ko‘rgazma bilan tanishib, mamlakatlarimiz madaniy hayotidagi ushbu muhim tadbirni tayyorlashga hissa qo‘shganlarga minnatdorlik bildirdilar. Bunday tadbirlar do‘stlik rishtlarimizni mustahkamlashga xizmat qilib, o‘zbek xalqida qardosh qozoq xalqining tarixiga qiziqish g‘oyat balandligidan dalolat berishi taʼkidlandi.

Taʼkidlash joiz, shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab Abay Qo‘nonboyev merosiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlar o‘tmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net