O?zbekiston va Malayziya savdo birjalari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda

18.11.2022 10:59

“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi ko‘magida va O‘zbekiston Respublika tovar xom-ashyo birjasi AJ (“O‘zRTXB”) raisining birinchi o‘rinbosari Z.Kamolov boshchiligidagi delegatsiyaning «Bursa Malaysia Derivatives»- Malayziya Tovar birjasi rahbariyati bilan uchrashuvi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Bursa Malaysia Berhad» 1976 yilda tashkil topgan bo‘lib, Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasining yirik birjalardan biri hisoblanadi. Uning tarkibidagi «Bursa Malaysia Derivatives» tovar va xom-ashyo savdosi bilan shug‘ullanadi. Tashkilot bugungi kunda 900dan ortiq kompaniyalarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Uchrashuvda Malayziya tomoni O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, erkin raqobatni shakllantirish, tadbirkorlar uchun yangi bozorlarni ochish yo‘nalishida Respublika tovar xom-ashyo birjasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

Uchrashuv ishtirokchilari Respublika Tovar xom-ashyo birjasi to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlar bilan tanishdi. Shuningdek, “O‘zRTXB” platformalarining ishlash tartibi to‘g‘risida taqdimot ham o‘tkazildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston bilan isteʼmol mahsulotlarini ayirboshlashda o‘zaro birja platformalaridan foydalanish, Malayziyada “O‘zRTXB” savdo maydonchalarini ochish, “Fyuchers” shartnomalarini joriy etishda Malayziya tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

«Bursa Malaysia Derivatives» direktori Mohd Salim Qodir O‘zbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanligini, ikki mamlakat birjalari o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash imkoniyatlarini o‘rganib chiqishini maʼlum qildi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida «Bursa Malaysia Derivatives» va “O‘zRTXB” o‘rtasida xodimlar malakasini oshirish, “Fyuchers” shartnomalari platformasida ishlaydigan dasturiy taʼminotning xususiyatlari, imkoniyatlari, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha onlayn o‘quv-seminar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net