O?zbekiston va Koreya Respublikasi o?rtasida sog?liqni saqlash sohasida hamkorlik to?g?risidagi bitim tasdiqlandi

24.10.2022 14:41

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini ko‘rishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur Bitim 2021 yil 17 dekabr kuni Seul shahrida imzolangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net