O'zbekiston va Hindiston yetakchilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdilar

01.12.2023 07:56

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Dubay shahriga amaliy tashrif doirasida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv chog'ida ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali va o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.

 

Kommunikatsion texnologiyalar, farmatsevtika, fan va ta'lim, sog'liqni saqlash, an'anaviy tibbiyot va yoga sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma dasturlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net