O?zbekiston va Eron TIV rahbarlari bo?lajak ikki tomonlama muloqotlar jadvali, ularning tashkiliy va mazmuniy jihatlarini muhokama qildilar

25.01.2023 16:26

 /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini  bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdollaxiyon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.

TIV rahbarlari ikki tomonlama shaklda va mintaqaviy institutlar, jumladan, IHT doirasidagi O‘zbekiston-Eron munosabatlarining bugungi holati va ularni yana-da rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilarp.

Bo‘lajak muloqotlar jadvali, ularning tashkiliy va mazmuniy jihatlari, shuningdek, O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi.

Savdo, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Eron tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston tomonini Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga samarali raislik qilgani va IHT Tashqi ishlar vazrilari kengashi yig‘ilishini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabrikladi.

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net