O?ZBEKISTON – TURKMANISTON CHEGARASI BO?YICHA MUZOKARALAR YAKUNLARI TO?G?RISIDA

08.03.2019 15:10

2019-yilning 1-7-mart kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida davlatlararo chegaraning loyihaviy demarkatsion chizig‘i o‘tishi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish davom ettirildi va ayrim uchastkalarda dala demarkatsion ishlarini olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net