O?zbekiston Turkiyaga zilziladan jabr ko?rganlarga gumanitar yordam va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun FVVning bir guruh qutqaruvchilarini jo?natadi

06.02.2023 09:55

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiyaga gumanitar yordam va FVVning bir guruh qutqaruvchilarini jo‘natish bo‘yicha topshiriq berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanali manbasiga tayanib.

«Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari jo‘natiladi», deb yozadi matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezident  Rejep Tayyip Erdog‘anga kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. 

“Anadolu” agentligi olgan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net