O?zbekiston TIV rahbarining o?rinbosari va Saudiya Arabistoni elchisi avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini ko?rib chiqdi

05.10.2022 17:27

“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni munosabatlarini kengaytirish holati va istiqbollari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Saudiya Arabistonining Haj va Umra ishlari bo‘yicha vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuvda, shuningdek, ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, 29 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasini ikki barobar – 24 ming nafargacha, umra ziyoratchilarini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net