O?zbekiston TIV rahbarining o?rinbosari AQSH Davlat departamenti ofisi koordinatori bilan uchrashdi

12.10.2022 18:07

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Siddiqov bugun AQSH Davlat departamenti ofisi Xalqaro diniy erkinlik idorasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha koordinatori Robin Shulmanni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston-Amerika hamkorligining tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Bag‘rikenglik, insonparvarlik, millatlararo va dinlararo anglashuv tamoyillarini ilgari surishda konstruktiv muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Turli yo‘nalishlarda yaqin muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net