O?zbekiston TIV rahbari va Serbiya Bosh vazirining birinchi o?rinbosari – tashqi ishlar vaziri turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

07.04.2023 11:43

/«Dunyo» AA/. O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov  bugun Serbiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari turli sohalardagi O‘zbekiston - Serbiya hamkorligini yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama kun tartibining amaliy jihatlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Savdo va investitsiyaviy aloqalarni institutsionallashtirish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirish, bu boradagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligining ayrim masalalari muhokama qilindi.

 

Anvar Ilyosov olgan surat («Dunyo» AA).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net