O?zbekiston TIV rahbari Turkmaniston elchisini qabul qildi

12.01.2023 11:08

/“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Turkmaniston elchisi Yazguli Mammedovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv mobaynida O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni to‘laligicha amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, jumladan, mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida o‘tkaziladigan tadbirlan yuzasidan fikr almashildi.

O‘zaro tovar ayriboshlash ko‘rsatkichlarini oshirish, savdo va sanoat kooperatsiyasi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi.

Tomonlarning madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga tayyorligi taʼkidlandi.

 

 “Dunyo” AA olgan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net