/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, Baxtiyor Saidov Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgani munosabati bilan Ozarbayjon tomoniga chuqur hamdardlik izhor etdi.
Ushbu hodisa sinchkovlik bilan o‘rganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirildi.