O?zbekiston TIV rahbari “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik forumida ishtirok etadi

22.10.2022 14:59

“Dunyo” AA/. Joriy yil 23–26-oktyabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi  delegatsiya “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik Forumida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, bo‘lajak Forum kun tartibidan sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, turizm, atrof-muhit va iqtisodiy xavfsizlik sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalari o‘rin olgan.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy va ekspert doiralari vakillari ishtirok etadi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

 "Dunyo" AA arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net