O?zbekiston TIV rahbari Kuvayt elchisini qabul qildi

31.01.2023 10:04

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Kuvayt elchisi Ahmad Xolid Abdulla Al-Jiyronni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlarning BMT, IHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda qo‘shma kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net