O?zbekiston TIV rahbari Belarus elchisi bilan uchrashdi

03.02.2023 10:20

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Belarus elchisi Leonid Marinichni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Belarus hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani taʼkidlandi.

Joriy yili, jumladan, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali, tashkiliy va mazmundorligi jihatlari ko‘rib chiqildi.

 Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net