O'zbekiston tashqi ishlar vazirining Kuala-Lumpur shahriga tashrifi Malayziya OAV nigohida

02.03.2024 02:52

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning 27-28-fevral kunlari Malayziyaga bo'lib o'tgan tashrifi ushbu mamlakatning yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, Malayziyaning "BERNAMA" milliy axborot agentligi, "Sinar Harian", "The Sun" gazetalari va "MalayMail" yangiliklar portali O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va Malayziya Bosh vaziri o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi maqolalar e'lon qilindi. Qayd etilishicha, muloqot chog'ida tomonlar o'zaro hamkorlikni mustahkamlash, savdo, sarmoyaviy va strategik aloqalarni kengaytirishga alohida e'tibor qaratdilar.

Malay OAVning yozishicha, 2023-yilda O'zbekiston Malayziyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi ikkinchi yirik savdo sherigi bo'ldi. "Malayziya va O'zbekiston o'rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmi 94,03 million dollarni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 30,9 foizga ko'pdir", — deyiladi manbalarda.

E'tiborlisi, ushbu uchrashuv haqida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim o'zining Facebook sahifasida izoh yozib qoldirdi.

"Tashqi ishlar vaziri Datuk Seri Moxamad Xasan ham ishtirok etgan uchrashuvda Malayziya va O'zbekiston o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlar, mintaqaviy masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar, jumladan, IHT (Islom hamkorlik tashkiloti) doirasidagi hamkorlik, G'azodagi vaziyat va Afg'onistondagi voqealar yuzasidan fikr almashdik. Uchrashuv Malayziya va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi va yanada kengaytiradi, deb o'ylayman", — deya qayd etgan Bosh vazir.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net