O'zbekiston tashqi ishlar vaziri YXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatorini qabul qildi

04.04.2024 10:09

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha YXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori Antti Karttunenni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Tashkilot faoliyatining barcha uch yo'nalishi bo'yicha, ayniqsa, iqtisodiy va ekologik sohalarda qo'shma loyihalarni ishlab chiqish doirasida faol hamkorlik qilmoqdamiz. YXHTga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni doimiy qo'llab-quvvatlab kelayotgani uchun o'z minnatdorligimizni bildiramiz".

"Dunyo" AA olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net