O?zbekiston tashqi ishlar vaziri Seulda Global yashil o?sish instituti assambleyasi raisi bilan uchrashdi

24.10.2022 15:01

“Dunyo” AA/. «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» 15-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Seul shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bugun Global yashil o‘sish instituti (GGGI) assambleyasi raisi, BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va Global yashil o‘sish instituti o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

2022 yil fevral oyida O‘zbekistonda GGGI vakolatxonasini ochilganining muhimligi taʼkidlandi. Bu ilg‘or xalqaro tajriba, jumladan Janubiy Koreya tajribasiga asoslangan holda iqlim o‘zgarishi jarayonlarini jilovlash, “yashil” texnologiyalar va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, sanoatni dekarbonizatsiya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va GGGI o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, bugungi kunda qiymati 5,9 million AQSH dollari bo‘lgan Orol dengizi inqirozi oqibatlarini bartaraf etish uchun Orolbo‘yi mintaqasini yashil qayta tiklashga yo‘naltirilgan loyiha amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yida “yashil” agrosanoat va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Pan Gi Mun Markaziy Osiyoning ekologik muammolaridan yaxshi xabardor ekanini, Orolbo‘yida bir necha bor bo‘lganini, Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlari bilan shaxsan tanishganini taʼkidladi.

U O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan keng ko‘lamli «yashil makon» umummilliy tashabbusi, shuningdek, mamlakatda qabul qilingan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha strategiya hamda qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish dasturiga alohida eʼtibor qaratdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net