O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qatar elchisini qabul qildi

02.02.2024 03:26

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Qatar Elchisi Hasan Hamza Hoshim janoblari bilan uchrashib, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish va 2024-yilga mo'ljallangan rejalarni muhokama qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Shuningdek, ikki va ko'p tomonlama shakllarda kengayib borayotgan O'zbekiston-Qatar hamkorligiga oid qator masalalarni ko'rib chiqdik".

Eslatib o'tamiz, Hasan Hamza Hoshim 2023-yil 12-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga o'zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net