O?zbekiston sanʼati tarixi va zamonaviy rivojlanishiga bag?ishgan kitob o?zbek, rus va ingliz tillarida nashr etildi

01.01.2023 11:40

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Akbar Hakimovning «O‘zbekiston sanʼat tarixi (qadimgi davr, o‘rta asrlar, hozirgi zamon) kitobi nashr etildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Fanlar akademiyasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu fundamental kitob-albomda O‘zbekistonda sanʼatning paydo bo‘lishidan hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi tasviriy va amaliy-bezak sanʼati, meʼmorchilik, haykaltaroshlik, miniatyura kabi sanʼat sohalarining taraqqiyoti ko‘plab ilmiy manbalar va artefaktlar yordamida ochib berilgan.

Mustaqillik yillari O‘zbekiston sanʼatining tarixiy rivojlanish konsepsiyasi yangicha talqinga ega bo‘lib, endilikda u yaxlit tarixiy-badiiy jarayon sifatida tadqiq va tahlil etilmoqda. Kitob sahifalarida O‘zbekiston badiiy madaniyati rivojlanishining barcha bosqichlarini — qadim zamonlardan hozirgi kungacha kuzatishga imkon beradigan O‘zbekiston sanʼati, meʼmorchiligi va hunarmandchiligi yodgorliklari taqdim etilgan.

Asar tili sodda va ravon bo‘lib, o‘quvchida qiziqish va kuchli ishtiyoq uyg‘otadi. 9 bobdan iborat asar, qiziqarli va o‘ziga xos nomlangan ko‘plab kichik qismlardan tashkil topgan.

«O‘zbekiston sanʼat tarixi» asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida alohida kitob shaklida nashr etildi. 528 sahifadan iborat asar yuqori sifatda Turkiyaning “Megabasim” bosmaxonasida chop etilgan. Asarda mingdan ortiq artefaktlarning rangli va oq-qora suratlari berilgan. Suratlar respublikamiz muzeylari bilan birga, xorijning mashhur Metropoliten, Britaniya, Ermitaj, Tretyakov galereyasi, Marjoniy fondi va boshqa muzey va markazlaridan to‘plangan.

Kitob-albomning rus va ingliz tillarida ham nashr etilishi jahon olimlari uchun bebaho manba bo‘lib xizmat qiladi. Asar dunyo hamjamiyati oldida O‘zbekiston sanʼati qadimiy ildizlarga ega ekanligi va uzluksiz jarayon sifatida rivojlanib kelganligini isboti sifatida namoyon bo‘ladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net