Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni

03.08.2019 12:47

 

2019-yilning 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Shunisi ahamiyatliki, bu hujjat BMT Bosh Assambleyasining 2013-yildagi 68-sessiyasining qaroriga muvofiq bugun 30 iyul Odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilingan kunda qabul qilindi.

 So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi bo‘yicha hamda jinoyatchilikka qarshi kurash, shu jumladan odam savdosiga qarshi kurashish kabi ustuvor yo‘nalish va majburiy mehnatni tag-tomiri bilan yo‘qotish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Odam savdosi qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shunday jinoyatlar qurboniga aylangan fuqarolarga tibbiy, psixologik va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bolalar mehnatiga barham berildi, qishloq xo‘jaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek qo‘yish bo‘yicha misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoyalash hamda xalqaro maydonda davlatimiz imijini oshirish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillari va mazkur sohadagi xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Odam savdosi qurbonlariga har tomonlama yordam ko‘rsatish va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalasiga alohida e’tior qaratilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida odam savdosi qurbonlariga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha zamonaviy reabilitatsiya markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. U yerga tibbiyot xodimlari, yuristlar, psixologlar kabi tor ixtisoslikdagi mutaxassislar va odam savdosi qurbonlarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchi boshqa mutaxassislar jalb qilingan. Shaxsning o‘ziga xos xislatlarini hisobga oladigan qurbonlarni reabilitatsiya qilish metodikasi ishlab chiqilgan. Markaz tomonidan 3000 dan ziyod odam savdosi qurbonlariga psixologik, yuridik, ijtimoiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatildi.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonda 2013-yildan boshlab XMT metodologiyasi bo‘yicha va ushbu tashkilot ekspertlarining bevosita ishtirokida qishloq xo‘jaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish ustidan monitoring olib borilmoqda.

XMT va Jahon banki tomonidan 2013-2018-yillarda o‘tkazilgan monitoringlar natijasida paxta terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan ommaviy foydlanish hollari aniqlanmadi.

2015-yil sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat huquqiy inspeksiyasining tezkor aloqasi va vazirlik veb-saytida online-maslahatchi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shu bilan ir qatorda, Tezkor aloqa mexanizmi bo‘yicha axborot resursi ham tashkil etildi. Qonun hujjatlarida belgilangan, shu jumladan XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalaridan kelib chiqadigan fuqarolarning mehnat huquqlari va kafolatlarini ta’minlash maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan aholining xabardorligini oshirish mazkur axborot resursining maqsadi hisoblanadi.

So‘nggi yillarda Davlat rahbarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning o‘z vaqtida olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar majmuini tashkil etish orqali jinoyatni kamaytirishga doir topshirig‘iga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyatlarning, shu jumladan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning erat oldini olishga qaratilgan tegishli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, respublika aholisi, jumladan yoshlar orasida olib borilgan tashviqot-targ‘ibot tadbirlari, shuningdek ham respublika hududida, ham Markaziy Osiyo mintaqasida birgalikda tezkor-profilaktika tadbirlarini amalga oshirish natijasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar darajasini ancha pasaytirishga muvaffaq bo‘lindi.

Jumladan, jinoyat-huquq siyosatida preventiv faoliyatga tobora ko‘proq urg‘u berilmoqda:

– eng avvalo, jinoyatlar va huquqbuzarliklar oqibatlariga qarshi kurashish o‘rniga ularni sodir etishga ko‘maklashadigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda;

– ichki ishlar organlarining bu sohadagi faoliyati jiddiy isloh qilindi;

– jinoyat holati o‘zgarishini kriminologik prognox qilishni, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyatni metodologik jihatdan va maslahatlar bilan ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rildi;

– 2018-yil oktabrda Bosh prokuratura akademiyasi tuzilmasida bunday jinoyatlar sodir etish sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi tashkil etildi;

– jinoyatlar namoyon bo‘lishi tahlil qilinmoqda, hozirda va istiqbolda qarshi kurashish strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

Shu bilan birga, tahlilning ko‘rsatishicha, hozirgi vaqtda odam savdosiga samarali qarshi kurashishga va majburiy mehnatdan foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan quyidagi  bir qator salbiy omillar saqlanib qolmoqda:

vakolatli organlarning tashabbuskorligi yetarli emasligi, yagona boshliq qo‘l ostida vakolatli organlarning yetarli darajadagi idoralararo hamkorligining yo‘qligi;

mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida xolis va ishonarli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning uyg‘unlashtirilmaganligi;

qonunchilik bazasining xalqaro standartlariga nomuvofiqligi, bu esa odam savdosiga va majburiy mehnatda dahldor shaxslarni samarali ta’qib qilish va jazolashga to‘sqinlik qilmoqda.

Ushbu Farmon, eng avvalo, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini olg‘a surishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bo‘yicha belgilangan vazifalarga muvofiq ishlab chiqildi.

Farmonga binoan Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil etildi, shuningdek uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi boshchiligidagi yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

davlat organlari va hududiy organlarning, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida ular faoliyati samaradorligini, mustahkam hamkorlik qilishlari va bahamjihat ishlashlarini ta’minlash maqsadida ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish maqsadida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish.

Shuningdek odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi jinoyatlarni aniqlash, taftish qilish, oldini olish va ularga chek qo‘yish amaliyotini o‘rganish nazarda tutilmoqda.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida samarali xalqaro hamkorlik va bahamjihat harakatni tashkil etish, shuningdek, mazkur sohada axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ma’ruzalar tayyorlash ham asosiy vazifalar hisoblanadi.

Farmon bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklanmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi  instituti ta’sis etildi, uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklandi. Milliy ma’ruzachi odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida mamlakatimiz va jahonda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida, ushbu jinoyat turiga dahldor shaxslarni taqdim qilish va jazolash hamda odam savdosi qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har yili ma’lumot taqdim etib turishi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan bir qatorda mazkur sohada respublikamizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ishonchli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning diplomatik korpusi va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini jalb etgan holda ommaviy axborot vositalari uchun muntazam brifinglar tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Milliy ma’ruzachi odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamjamiyat bilan, ushbu sohada ixtisoslashayotgan tashkilotlar va huquq himoyachilari bilan samarali hamkorlik va hamjihatlikni ta’minlaydi. Shuningdek mazkur sohada respublikaning xalqaro maydondagi milliy manfaatlari himoya qilish Milliy ma’ruzachiningyana bir muhim vazifasidir.

Ushbu Farmonga muvofiq odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net