O?zbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

05.10.2022 18:04

Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi tadbirlarga boy va sermahsul bo‘ldi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

 

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti  Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu mamlakatning ishbilarmon doiralari vakillari bilan O‘zbekistonda aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ularning yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Birinchi bort Toshkentga uchib ketdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net