O'zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

27.12.2023 03:40

/"Dunyo" AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, yetakchilar joriy yilgi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2024-yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qildilar hamda Sankt-Peterburg tarixiy obidalari bilan tanishdilar.

Prezidentimiz Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazdi.

Shu bilan davlatimiz rahbari amaliy tashrifini yakunlab, "Pulkovo" xalqaro aeroportidan Toshkentga jo'nab ketdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net