O?zbekiston Prezidentining Eron TIV rahbari bilan bo?lib o?tgan uchrashuvida transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi

24.01.2023 10:15

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbariga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Eron Prezidentining o‘tgan yil sentyabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratgani taʼkidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘zaro muloqotlar faollashgani, savdo izchil oshib borayotgani va yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchayganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni ilgari surish, jumladan, Chobahor va Bandar-Abbos portlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net