O?zbekiston Prezidenti YEXHT bosh kotibi bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishning ustuvorliklarini muhokama qildi

17.11.2022 10:49

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) bosh kotibi Xelga Shmid bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari  matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, YEXHT bilan ushbu tashkilot faoliyatining uchta – iqtisodiy-ekologik, siyosiy va gumanitar yo‘nalishlarning barchasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi vaqtda aloqalar faollashgani, ochiq va konstruktiv muloqot rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro hamkorlikka 30 yil to‘lgan joriy yilning o‘zida O‘zbekistonga YEXHTning amaldagi raisi Zbignev Rau va YEXHTning Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonov tashrif buyurdi. Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi, Parlament assambleyasi va YEXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili bilan samarali hamkorlik olib borilmoqda.

Yoshlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha hamda 2026 yilga qadar davrga mo‘ljallangan Terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashish strategiyasi doirasida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Suhbat davomida YEXHT tuzilmalarining ekspert ko‘magi, ayniqsa O‘zbekistonda demokratik islohotlarni davom ettirish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish masalalarida muhim o‘rin tutishi taʼkidlandi.

Iqtisodiyot va ekologiya yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kuchaytirish, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, kichik biznes va ekologiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb muammolari muhokama qilinar ekan, qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi. Afg‘on xalqining muhim gumanitar ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net